Toşkent şahrida yaşovçi, muqaddam sudlanganlar 24 yoşli D.E. va 28 yoşli Ş.B. 2019 yil 22 yanvar kuni Toşkent şahrining Mirobod tumani Körkamobod mahallasiga özlarining boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinasida kelişgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, ular şu yerda qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomaşinani kalit tanlaş yöli bilan oçayotgan vaqtlarida avtomaşina egasi Z.I. körib qolgan.

Şunday bölsa-da, Z.I. yetib kelguniga qadar ular avtomaşina salonidan 7 500 AQŞ dollarini olib, voqea joyidan yaşiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, körilgan çoralar natijasida ikkala şaxs ham qölga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.