Özbekiston Respublikasi Oliy sudi va Xotin-qizlar qömitasi tomonidan ijtimoiy şeriklik asosida imzolagan memorandumga muvofiq Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati Zangiota tuman sudi tomonidan 42-son manzilli koloniyasi binosida bölib ötgan oçiq sud majlisida öz xatosini töliq anglab, jamiyat ravnaqi, oilasi farovonligi va farzandlari tarbiyasiga astoydil ahd qilgan 4 nafar mahkuma ayol Xotin-qizlar qömitasi kafilligida muddatidan ilgari ozod etildi. Respublika Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Bu ayollar uçun belgilangan jazo muddatlari qisqartirilib, ötalmay qolgan muddat axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirildi.

Ozod etilgan ayollar oilasi bağriga qaytgaç, jamiyat uçun foyda keltiradigan işlar bilan şuğullanişga, farzandlari kamoli uçun jon kuydirişga söz berişdi. Bu borada ularga Respublika Xotin-qizlar qömitasining hududiy bölimlari va mahalla mutaxassislari birgalikda kömak beradi. 

Xotin-qizlar qömitasi tomonidan jinoyat sodir etganligi uçun jazoni ötaş muassasalaridan ozod etilgan ayollarni qayta öqitiş va işga joylaşişi uçun maxsus kurslar ham taşkil etilişi rejalaştirilgan.