Braziliya vitse-prezidenti Antoniu Amilton Mourau Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning yaqinlari mamlakatni tark etişi uçun "yölak" taşkil qiliş zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Globo telekanali xabar berdi.

"Menimça, boşqa mamlakatlar oldida muhim vazifa turibdi – Maduro va uning qöl ostidagilar uçun çiqib ketişni ta'minlaş. Qoçiş uçun yölak bölişi kerak", degan vitse-prezident telekanalga bergan intervyusida.

Avvalroq Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru muxolif parlament rahbari Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti deb tan olişini ma'lum qilgandi.

Öz navbatida Nikolas Maduro Venesuela öz ideallarini himoya qilişi, davlat töntarişlari davri ötganligini aytdi.

"Biz çuqur tarixiy ildizlarga ega mamlakat ideallarini himoya qiladigan va vatanini heç qaçon sotmaydigan böysunmas xalqmiz. Bizni heç kim böysundira olmaydi, bosqinlar va davlat töntarişlari davri tugadi. Biz heç qaçon taslim bölmaymiz!", deb yozdi u tvitterda.

Avvalroq Yevroittifoqning uç davlati Guaydoni Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti deb tan oliş şartini ma'lum qilgandi.