Bir finjon çoy – nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Uşbu maqolada matte, ulun, moyçeçak, yalpiz va ozişga yordam beradigan yana 5 xil çoy haqida hikoya qilamiz. Agar vaznni oson va tez taşlaşni istasangiz, köp suyuqlik içişingiz kerak. Bunda çoy optimal variantga aylanişi mumkin. Birinçidan, unda şarbat va gazli içimliklardagi şakar va boşqa şirin ta'm beruvçi sun'iy moddalar yöq. Ikkinçidan, uning tarkibida quvvatni optimal darajada uşlab turuvçi köplab moddalar bor. Uçinçidan, u nafaqat foydali, balki mazali hamdir. Özingiz uçun sevimli çoyni tanlang va huzur bilan içing.

Oq çoy: yoğ hujayralarini eritadi

2009 yilda “Pitaniye i Metabolizm” naşrida e'lon qilingan tadqiqot natijalari şuni tasdiqladiki, oq çoy ekstrakti haqiqatan ham yoğ hujayralarini eritiş jarayonini tezlaştiradi. Olimlar bunday natijaga öziga xos antioksidant (ECGC)ning katta miqdori bilan erişilişini taxmin qilişmoqda.

Kök çoy: metabolizmni rağbatlantiradi

Axir çoyning bu turi tarkibida ham ECGC antioksidanti bor. Biroq uning super qudrati boşqa narsada. Aynan kök çoy kofein miqdori böyiça çempion (aslida bu içimlikda kofein eng ötkir qahvadagidan ham köproq). Kofein metabolizmni tezlaştiradi, şuningdek faol turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş uçun zaruriy quvvat beradi.

Matte: qondagi qand darajasini kamaytirişda yordam beradi

Janubiy Amerikada yetiştiriladigan yerba mate ösimligining barglaridan tayyorlanadigan juda foydali çoy. U nafaqat kofeinga boy, balki tarkibidagi teofillin va teobromin moddalari sabab qondagi qand miqdorini normallaştirişga ham yordam beradi. 2015 yilda ötkazilgan tadqiqot natijalari 12 hafta davomida kuniga bir finjon matte çoyini içganlar boşqa içimlikni afzal bilgan xuddi öşanday parhez va jismoniy maşqlarga amal qilgan hamkasblariga qaraganda köproq vazn taşlaşganini körsatgan.

Ulun: qorindagi yoğni eritadi

Moddalar almaşinuvi tezligini oşirişda yordam beradigan yana bir çoy turi. Bundan taşqari, ulunda bel sohasida töplanadigan yoğga ta'sir qiladigan kimyoviy birlaşmalar bor.

Qora çoy: yoğlar sörilişini bloklaydi

Agar ratsioningizda yoğli taomlar köp bölsa, qora çoy siz uçun juda zarur. Axir u yoğlar sörilişini bloklab, vazn töplaşning oldini oladi. Bu içimlikda öziga xos polifenol ösimlik birikmalari, aynan aflavin va arabubinlar bölib, ular yoğlar sörilişini bloklaydi. Bundan taşqari, ayrim tadqiqotlar qora çoyning qandli diabet rivojlanişi ehtimolini kamaytiriş kuçini ham tasdiqlamoqda – yana bir foydali xususiyat.