2019 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda qöşilgan qiymat soliği keng joriy etilişi belgilangandi. Unga köra, 1 milliard sömdan köp oborotga ega barça sub'yektlar QQS soliq tölovçisi hisoblanadi. Şunga qaramay, oboroti 1-3 milliard söm atrofida bölgan sub'yektlar uçun soddalaştirilgan QQS ham joriy etildi.
Özbekiston Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonovning aytişiça, soddalaştirilgan qöşilgan qiymat soliği avvalgi yagona soliq töloviga öxşaş bölsa-da, u «QQS zanjiri»ni uzilib qolişiga olib kelmaydi.
«Yagona soliq tölovi amalga oşirilganda zanjir paydo bölmasdi. Soddalaştirilgan QQS aslida kim uçun? U hisob-kitobni ayni çoğda amalga oşirişga imkon topolmaganlar uçun közda tutiladi. QQSni hisoblaş ança qiyin jarayon va mutaxassis könikmasini talab etadi. Şunday ekan, oboroti u qadar yirik bölmagan sub'yektlarga imkon beraylik.
Bu yerda ham kimdir köp yo kam tölaşi kerak, degan mantiq yöq. Şunçaki, kimdir soddaroq, ammo şunça miqdorni tölayapti. Masalan, mening tovarga qöşgan qiymatim 35 foiz, deylik. Çakana savdoda 20-22 foiz ustama narx belgilanadi. Xullas, örtaça qöşiladigan qiymat 30 bölişi mumkin. Undan 20 foizli QQSni olganda, 6 foiz soliq yuki paydo böladi. Zanjirning keyingisida turgan sub'yekt mana şu 6 foizni inobatga olişga haqli. Vaqt ötib, u ham töla-tökis QQS tölovçisi bölişga tayyorlanadi. Zanjir iştirokçilari uni şunga majbur qiladi», – deydi Moliya vaziri örinbosari.
Ma'lumot uçun, qöşilgan qiymat soliği zanjirini şakllantiriş orqali qöşilgan qiymat soliği tölovçisi bölgan va bölmagan soliq tölovçilar örtasida kooperatsiyani taşkil etiş maqsadida ixtiyoriy ravişda QQSni tölaşga ötiş mumkin.












