Agarda yaqin kunlar içida Venesuelada prezident saylovi bölib ötişi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinçalik prezidenti sifatida tan olişga tayyor, deyiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida.

Qayd etilişiça, "ötgan yil may oyida Venesuelada bölib ötgan prezident saylovlarini erkin, adolatli va işonçga loyiq deb hisoblab bölmaydi".

"Mamlakatga zudlik bilan haqiqatan ham Venesuela aholisi irodasini ifoda etadigan hukumat kerak", deyiladi bayonotda.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyadan söng Niderlandiya ham sakkiz kun içida Venesuelada prezident saylovi bölib ötişi e'lon qilinmaydigan bölsa, Guaydoni mamlakatning vaqtinçalik prezidenti deb tan olişini ma'lum qilgandi.

Ayni paytgaça AQŞ, Braziliya, Kanada, Argentina, Çili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Panama, Paragvay, Peru, Gruziya, Albaniya va qator davlatlar Guaydoni vaqtinçalik davlat rahbari deb tan oldi.