2018 yilda chakana savdo aylanmasi 131,7 trln so‘mni tashkil etdi
Respublika bo‘yicha 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 131 768,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2017 yilning shu davriga nisbatan 5,5%ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 18 085,7 mlrd. so‘mni (o‘sish sur'ati 24,2%), kichik tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 113 682,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur'ati 3,0%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 15 440,4 mlrd. so‘mni (2017 yilning shu davriga nisbatan 2,7%ga kamaygan) tashkil etdi.
2017 yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur'atlari kuzatilib, nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Xorazm, Jizzax, Andijon, Buxoro viloyatlarida qayd etildi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,2%ga o‘sdi va 18 085,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 13,7% ulushiga to‘g‘ri keladi.
Kichik tadbirkorlik sub'yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 113 682,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2017 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 3,0%ga o‘sdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 86,3%ga teng kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijdan eng ko‘p pul o‘tkazmalari qaysi viloyatga yuborilgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
09:30 / 31.10.2024