Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening ma'lum qilişiça, Rossiya va Yaponiya janubiy Kuril orollari böyiça tinç bitim imzolaşning uddasidan çiqa oladi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, bu uning parlament oçiq sessiyasi vaqtidagi çiqişi davomida röy bergan.
«Bizning xalqlar özaro işonç va döstlikni çuqurlaştirib, hududiy muammoga yeçim topadi hamda tinç bitimni imzolaydi», - dedi Abe.
Şu bilan birga, Yaponiya yetakçisining işonç bildirişiça, bitim 1956 yilgi Qöşma deklaratsiya bandlari asosida imzolanadi. Aniqlik kiritilişiça, bu hujjatda Tokioga Kuril orollari janubiy qismini beriş istisno etilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq rossiyaliklar Kuril orollari böyiça öz fikrini bildirgandi.












