Damaşqdagi gospitalda Suriya prezidenti Başar Asadning rafiqasi, 43 yoşli Asma Asadda yomon sifatli ösimtani olib taşlaş jarrohlik operatsiyasi ötkazildi. Bu haqda Asad devonxonasi ma'lum qilgan. 

Ta'kidlanişiça, operatsiya muvaffaqiyatli ötgan. Devonxona Asma Asadning tezroq tuzalib ketişini tilab qolgan.  

2018 yil avgustda Asma Asadda erta bosqiçdagi kökrak bezi saratoni aniqlangani ma'lum qilingan.

Asadning rafiqasi Suriyada uruş nogironlarining tezroq tiklanişi va ularning jamoat işlariga qaytişlariga yönaltirilgan “Vatan uçun jabrlanganlar” dasturini boşqaradi. Asma Asad, şuningdek, halok bölgan harbiylar oilalari va yetim-yesirlar internatlarini otaliğiga olgan.  

Asma Asad 2008 yilda Elle fransuz jurnali tomonidan sayyoramizning eng latofatli “birinçi xonimi” deb tan olingan. U bir qiz va ikki öğil farzand onasi hisoblanadi.