Qirğizistonning Öş viloyati Aravon tumanida 3 metrli ölik böğma ilon topildi. Bu haqda Turmush muxbiri xabar bermoqda.

Uning ma'lumotlariga köra, ilon Özbekiston bilan çegaradagi Jyeke-Miste qişloğida, Farğona kanalining yonidan topilgan.

Qişloq veterinari Mamatrayim Tojiboyevning ta'kidlanişiça, böğma ilon, katta ehtimol bilan, qöşni davlatdan kanal orqali suzib kelgan.
«Ikki kun oldin qişloqdagi yigitlar suvdan ölik böğma ilonni topişdi, uning uzunligi 3 metr, eni - 15-20 santimetr bölgan. Ehtimol, Özbekistonda kimdir ilonlar boqadi, ulardan biri nobud bölganida esa, uni kanalga taşlab yuborgan», - dedi veterinar.
Ilonni tutgan şaxslar izoh berişdan boş tortgan.











