Ötgan yil 13-14 dekabr kunlari prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qildi. Şuningdek, hududlarni tumanlarni, jumladan, Qamaşi tumanini yanada rivojlantiriş borasida muhim tavsiyalarni bergani voha ahlini ğoyatda quvontirdi.
Yaqinda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylaştirilgan Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi ham barçamizni mamnun qildi. Uşbu loyiha bilan tanişiş jarayonida bir qator takliflar tuğildi.

Jumladan, 4K 340 “Manğit – Qamaşi – Çimqörğon” avtomobil yöli tuman markazining M-39 avtomagistral yöli bilan boğlovçi asosiy yöl hisoblanadi. Aniqroği tumandagi mavjud texnika qatnovining 95 foizi uşbu yölning hissasiga töğri keladi. Şuning uçun ham uşbu “Manğit – Qamaşi – Çimqörğon” avtomobil yölining 0-14 kilometridagi yölni ta'mirlaş tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga sezilarli ta'sir körsatardi.
Şu bilan birga, tuman hududidan oqib ötuvçi Qaşqadaryo daryosi qirğoğida 51 ming nafar odam istiqomat qiladi. Uşbu manzilgohlar tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylaşgan 7 ta mahalla fuqarolar yiğinidan iborat.
Xalq bilan muloqot doirasida prezident portaliga qilingan murojaatlar natijasida 2017 yilda tuman hududidagi Qaşqadaryo daryosi ustiga köprik qurildi. Bu esa 51 ming aholining tumanga qatnaş masofasini 20 kilometrgaça qisqartirdi.

Ammo tuman hududidan ötuvçi Boş magistral yöldan köprikka olib boruvçi yöl davr talablariga javob bermaydi. Aslida bu yölni quriş 2018 yilga möljallangan edi. Lekin bu iş amalga oşmadi. Ayni kunlarda daryo ustidagi köprikka eltuvçi ikki sohildagi yöl ham juda nosoz va xavfliligi tufayli odamlar qiş-qirovli kunlarda özlari qum tökib, qiynalib qatnab turibdi. Şu bois “Çimqörğon – Qoratepa” avtomobil yölining 00-08 km.dagi yölni ta'mirlaş odamlarning ayni könglidagi iş bölardi.
Bundan taşqari, Qamaşi şahriga kirib kelişda, aniqroği “Hunarmand” savdo kompleksi bilan Markaziy dehqon bozori oraliğidagi çorrahada avtoulovlar tirbandligi har kuni yölovçilarga juda köp muammolar tuğdiradi.












