Xalqaro olimlar guruhi uyquga ketişdan oldin smartfondan foydalanuvçi bolalarda uyqu çala bölişi va semiriş xavfi oşişi hamda xavotirlilik kuçayişini aniqlaşdi. Bu haqda MedicalXpress naşrida ma'lum qilingan.
Mutaxassislar 11-12 yoşdagi 6616 bolani örganişda olingan ma'lumotlarni tahlil qilib çiqişdi. 70 foizdan köproq bola keçki uyqudan oldin kamida bir soat smartfon yoki ekrani bor boşqa qurilmadan foydalanişini aytgan. Sörov davomida bolalar bu vaqtda xonadagi yoruğlik, qança soat uxlaşlari va uxlamasliklari, uxlaş bilan boğliq muammolardan aziyat çekiş-çekmasliklari haqidagi ma'lumotlarni ham körsatişgan.
Aniqlanişiça, çiroği yoqilgan uyda smartfondan foydalangan yoki televizor körgan bolalar 31 foiz köproq yomon uxlaşgan. Bu işni qoronğida qilgan bolalarda uyqu buzilişi ehtimoli 147 foizga kötarilgan. Şuningdek, me'yorida bölmagan uyqu immunitet pasayişi, tuşkunlik, xavotirlilik va semiriş bilan boğliqligi körsatilgan.
Baholaşlarga köra, dunyoda 90 foiz ösmirlar kuniga tavsiya qilingan 11 soatdan kamroq uxlaşadi va mutaxassislar buni gadjetlar tarqalgani bilan tuşuntirişmoqda. Buyuk Britaniyaning özida 12 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalarning 98 foizi televizor körar, 90 foizdan köproği smartfondan foydalanar ekan.












