Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari nomi ma'lum qilindi
Germaniyaning Volkswagen AG konserni dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatida yetakchilikni saqlab qoldi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.
Kompaniya qatorasiga uchinchi bor birinchi o‘rinda qayd etildi. Volkswagen 2018 yilda 10,8 million dona mashina sotgan – bu avvalgi yilga nisbatan 0,9 foizga ko‘proqdir.
Kompaniya sotgan avtomobillar ro‘yxatidan Audi, Bentley, Bugatti, Porsche, Lamborghini, SEAT, Skoda yengil mashinalari hamda MAN va Scania yuk mashinalari o‘rin olgan.
Ikkinchi o‘ringa Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi joylashdi. Kompaniya o‘tgan yili 10,6 million dona mashina sotgan.
Yaponiyaning yana bir avtokonserni – Nissan 5,55 million dona avtomobil sotgan.
Mavzuga oid
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
00:22 / 15.12.2025
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
09:13 / 31.10.2025