Qibray tuman IIB navbatçilik qismiga 2019 yil 23 yanvar kuni kelib tuşgan xabarga köra, Qibray tumanidagi mahallalardan birida istiqomat qiluvçi Yu.B. 2011 yilda tuğilgan farzandi Ş.A. bilan 22 yanvar kuni Qibray tumani tibbiyot birlaşmasining qabul bölimiga murojaat qilgani va öğlini Qibray tumanidagi maktabda, ingliz tili darsida öqituvçisi Z.J. urib, tan-jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekşiriş davrida tuşuntiriş bergan 2011 yildan buyon maktabda işlab kelayotgan 31 yoşli öqituvçi Z.J.ga köra, 22 yanvar kuni 1-“B” sinfiga maşğulot ötayotgan vaqtida öquvçisi Ş.A. dars vaqtida kulib gaplaşib ötirganligini, uni bir neça marotaba tartibga çaqirişiga qaramay, gaplaşib ötirganligi sababli tanbeh sifatida bir marotaba yuz qismiga urib yuborganligini aytib ötgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra, Ş.A. öğlini öng yuz yumşoq töqimasini lat yeyişi va teri osti gematomasi körinişidagi tan jarohati, 6 kundan köp bölmagan muddatga buzilişiga olib keladigan va şu belgisiga köra oğirlik darajasi böyiça soğliqni qisqa muddatga buzilişiga sababçi bölgan yengil tan jarohati toifasiga kirişligi aniqlangan.

Bundan taşqari, fuqaro Z.J. joriy yilning 23 yanvar kuni Qibray tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda şu kuni soat 08:00 larda maktab öqituvçilaridan biri bilan birga Ş.A.dan xabar olgani borganida, uning otasi I.A. tomonidan haqoratlanganligini bayon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman IIB XPB profilaktika inspektori Ş.Abdullayev tomonidan 29 yanvar kuni JPKning 83-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatişni rad etiş va öqituvçi Z.J.ning xatti-harakatlarida Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 52-moddasi 2-qismi va öquvçining otasi — I.A.ning xatti-harakatlarida Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli ularga nisbatan töplangan hujjatlarini Ma'muriy işlar böyiça sudga mazmunan körib çiqişlik haqida qaror qabul qilingan. 

Ayni paytda töplangan hujjatlarni ma'muriy tartibda körib çiqiş uçun sudga yuboriş çoralari körilmoqda.