Rossiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarşi jangdan keyin uning iştirokida çiqqan töpolon uçun 9 oyga musobaqalardan çetlatildi. Bunday qarorni uşbu işni körib çiqqan Nevada ştati atletik komissiyasi qabul qilgan.
Nurmagomedov, şuningdek, 500 ming dollar miqdorida jarima tölaşiga töğri keladi.
Komissiya Makgregorga nisbatan ham çora körgan, u yarim yilga çetlatilgan va 50 ming dollarlik jarimaga tortilgan. Ikkala sportçi uçun ham diskvalifikatsiya muddati 2018 yil 10 oktyabrdan boşlab hisoblanadi.

Nurmagomedovning diskvalifikatsiya muddati agar u bezorilikka qarşi yönaltirilgan ijtimoiy dasturda iştirok etsa, 3 oyga qisqartirilişi mumkin. Şu tariqa Xabib joriy yil aprelida yana oktagonga qaytişi mumkin böladi.
Xabib çetlatilişiga ijtimoiy tarmoqlarda izoh bergan. Jumladan, u instagramda “Barçasi yakunlangandan keyin meni uyğoting”, deb yozgan.
Nurmagomedov, şuningdek, tvitterda qisqagina “Siyosat abadiy” degan yozuv qoldirgan. Körinişiça, sportçi şu tariqa u va Makgregorga qöllangan jarima sanksiyalari örtasidagi katta tafovutga şa'ma qilgan.













