Ötgan mavsumni “Navbahor” safida yakunlagan va ayni vaqtda kimga tegişli ekanligini özi ham bilmayotgan Aziz Turğunboyev masalasi Professional futbol ligasi tomonidan atrofliça örganib çiqiladi.
«Ikki quyonni quvayotgan» Aziz Turğunboyev maşmaşasi - vaziyat taranglaşyaptiTaşkilot rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, Turğunboyevning PFL röyxatidan ötkazilgan va “Navbahor”ga tegişli bölgan şartnomasi 2018 yilning noyabr oyi söngida öz kuçini yöqotgan.
“Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari ötgan yilning sönggi oyida futbolçini PFL röyxatidan ötkazişga urinib kördi. Biroq transfer oynasi 17 dekabr sanasida oçilişidan kelib çiqib, PFL har ikki tomon şartnomasini ham qabul qilmadi.
Şu yilning 22 yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turğunboyev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan şartnomani Çempionlar ligasi uçun röyxatdan ötkazişga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub mazkur şartnomaga imzo qöygan futbolçi “Navbahor” safida xorij yiğinida iştirok etayotgani yuzasidan şikoyat arizasi bilan PFL boş direktoriga murojaat yölladi”, – deyiladi xabarda.
Xabar berilişiça, mazkur şikoyat arizasi PFL tomonidan ÖFAning Futbolçilarning maqomi va ötişi böyiça qömitasiga oşirilgan.
“Komissiya tez kunlar içida bu masala yuzasidan iş boşlaydi. Unda “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari boş hamda sport direktorlari, futbolçi Aziz Turğunboyevning özi va mazkur masala yuzasidan ma'lumotga ega deya taxmin qilinayotgan boşqa şaxslar iştirok etadi”, – deya qayd etilgan PFL xabarida.

“Professional futbol ligasi mazkur masala yuzasidan ma'lumotlarni, faktlarni jamoatçilikka taqdim qilib boradi. Qolgan futbolçilar va klublar bunday vaziyatga tuşib qolmasliklari yölida bu muhimdir. 2019 yilgi mavsumdan e'tiboran PFL şartnomalar masalasiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Taşkilot futbol klublari bilan şu yölda işlaş va şartnomalarni hurmat qilişi yuzasidan işlarni allaqaçon boşlagan”, – deya eslatib ötilgan PFL bayonotida.
Aziz Turğunboyev «Navbahor»dami yoki «Paxtakor»da?











