«Paxtakor» va «Navbahor» futbol klublari örtasidagi kelişuvga binoan Aziz Turğunboyev jamoamiz safiga transfer qilindi. 27 yoşli futbolçi hozirgaça Superligada 110 öyinda iştirok etib, 26 gol muallifiga aylangan. «Paxtakor» va Aziz Turğunboyev örtasida ikki yillik şartnomaga imzo çekildi. Şu tariqa endi hujumkor yarimhimoyaçi jamoamiz şarafini himoya qiladi.

«Paxtakor» futbol klubi Aziz Turğunboyevni jamoamizga ötişi bilan tabriklaydi. Umid qilamizki, u «Şerlar» safida yangi ğalabalar va sovrinlarga ega çiqadi», - deyiladi klub xabarida.

Eslatib ötamiz, Aziz Turğunboyev 2019 yilgi mavsumda ham «Navbahor»dan «Paxtakor»ga ötgan, ammo uşbu transfer işlari ÖFA tomonidan suriştirilgaç, «Navbahor» boş murabbiyi Ilhom Möminjonov va «Paxtakor» sport direktori Ja'far Irismetov transfer işlaridagi qinğirliklar uçun ÖFA tomonidan jazoga tortilgandi.