O‘zbekiston | 15:02 / 31.01.2019
38751
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yak-130 harbiy samolyotlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar boshladi

Foto: Marina Lysseva/TASS

O‘zbekiston Rossiyadan Yak-130 rusumli o‘quv-jangovar samolyotlarni sotib olish bo‘yicha muzokaralar boshladi. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi xabar bermoqda.

«O‘zbekiston ham Yak-130’ga qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi», - deya ta'kidlaydi nashr.

So‘nggi yillarda Yak-130’ni Bangladesh, Myanma, Belarus va hatto Laos sotib olgan (2018 yil dekabrda u yerga to‘rtta shunday mashina yetkazib berildi).

Yak-130 - ikki o‘rinli o‘quv-jangovar samolyot bo‘lib, zamonaviy harbiy aviatsiya, jumladan, manyovr qilishga kuchli qiruvchi samolyotlar uchuvchilarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Qanotli mashinaning dasturlashtiriladigan boshqaruv tizimi kursantlar parvozga tayyorlanadigan samolyot turining o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishga imkon beradi.

Yak-130’da o‘zgartiriluvchi va erkin tushuvchi aviabombalar, boshqarilmaydigan raketalar va osma konteynerlardagi 23 mm.lik GSh-23L aviatsiya zambaraklari joylashtirilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid