Kun.uz tahririyatiga uy-joy masalasida köplab murojaatlar kelib tuşişi davom etmoqda. Sönggi vaqtlarda berilayotgan murojaatlardan aksar qismi Toşkent şahri, Sergeli tumanida olib borilayotgan qurilişlarga aloqador.
Köpçilikka ma'lumki, 2016 yil 22 noyabrdagi «2017-2020 yillarda şaharlarda arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni xalqimiz xursandçilik bilan kutib olgan edi. Ammo, köp vaqt ötmasdan bu uylarning narxlari keskin oşirildi. Bu esa köplab e'tiroz va noroziliklarga sabab böldi.
Şu omillar sabab, Kun.uz guruhi arzon uy-joylar hududi tomon yölga otlandi. Şikoyatçilar bilan uçraşuvda bunday e'tirozlarga köplab misollarga guvoh böldik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Prezidentning sovğasi deyişgandi, endi esa pul töla deyişyapti»
«Fevral va mart oylarida tölovlarni hamma öz vaqtida tölab borgan. U vaqtlar 2.880.000 sömdan edi. U vaqtlarda uylarning ikkinçi va uçinçi qavatlari bitib bölgandi. Ayni vaqtga kelib bizning uy narxi kvadratiga taxminan 1 million 100 ming sömga oşgan. Avval 160 million sömga tuşayotgan bölsa, hozirda bu uyning narxi 240 millionga yetgan. Bu tannarxi hali. Oldin foizlari bilan 240 million sömga tuşar edi. Hozir foizi bilan hisoblasa, narx 700-800 millionlarga aylanib ketadi-ku? Örtaça bir oyga tölanadigan pul 1,5 millon sömga tuşmoqda. 3 yildan keyin bu 2 milliondan oşadi. Narx kötarilişiga sabab sifatida quriliş materiallari qimmatlaşganini aytişmoqda. Axir, ularga soliq böyiça imtiyozlar va boşqa yengilliklar berilgan-ku?», deydi şikoyatçi Akmal Rustamov.

«Uyning narxi qurilişlar işlari yakunlanganidan keyin oşdi. Narx oşgani ğiştga yoki boşqa zarur quriliş materillariga ta'sir ötkazmadi. Uylar qurilib bölgan edi. Faqat pardoz işlari qolganida narxlar qimmatlaşmadimi, axir? Şu narsalar uçun narx bunçalik oşib ketmaydi-ku?! Uning ustiga içlari ğişt emas, gipsokarton bölsa?», deydi Gulçehra Jörayeva.















