2019 yilning 30 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Belarus Respublikasi favqulodda va muxtor elçisi Leonid Mariniç bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, suhbat çoğida ötgan yildagi ikki tomonlama munosabatlarning yakunlari hamda 2019 yilda ularni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilingan.
Ta'kidlanişiça, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning 2018 yil 12-14 sentabr kunlari Özbekistonga rasmiy taşrifi va uning prezident Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitgan holda uni yangi darajaga olib çiqdi.
Taşrif doirasida qiymati 259,2 mln AQŞ dollariga teng 94 ta ikki tomonlama savdo şartnomasi va 54 mln dollardan ortiq summadagi 19 ta investitsion hujjatlar imzolandi. Ötgan yil davomida mamlakatlar örtasidagi savdo aylanmasi 130%ga ösgan holda 419,9 mln dollarni taşkil qildi.
Şu nuqtai nazardan tomonlarning oliy darajada erişilgan kelişuvlarni va taşrif doirasida imzolangan bitimlarni sözsiz bajariş borasidagi takliflari körib çiqilgan.
Uçraşuvda Özbekiston rahbarining javob taşrifi töğrisida fikr almaşildi. Şuningdek, Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişi, taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlar, Işbilarmonlik va mintaqalararo hamkorlik qöşma forumi, turistik forumni ötkaziş jadvallari va kun tartiblari körib çiqildi, deyiladi xabarda.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boşqa dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.
Şavkat Mirziyoyev 2019 yilda 36ta xorijiy safarda böladi











