AQŞga kelgan anomal sovuq harorat oqibatida 12 kişi halok böldi. AQŞ ob-havo mutaxassislarining ta'kidlaşiça, mamlakatning yirik şaharlaridan biri – Çikagoda harorat rekord darajada sovib ketib, -28 darajani taşkil qilgan.

Şu sababli Çikago temir yöl xizmati işçilari poyezdlarning töxtaşsiz harakatlanişi uçun relslarni olov yordamida qizdirişlariga töğri kelmoqda.

Metra kompaniyasi vakili Maykl Gillisning ma'lum qilişiça, relslarning özi yonmayapti. Aslida olov relslar böylab joylaştirilgan gaz isitgiçlaridan çiqmoqda.

“Harorat 0 darajadan tuşib ketganda şu tizimdan foydalanamiz”, deb qöşimça qilgan Gillis.

Uning ta'kidlaşiça, Şimoliy Amerikadagi boşqa temir yöl kompaniyalari ham şunday tizimlardan foydalanadi.

Ta'kidlanişiça, sovuq sababli metall qisqaradi, şu sababli relslar ulangan joylarida bir-biridan ajraladi. Olov esa ularni yana birikadigan holatgaça qizdiradi. 

Bundan taşqari, sovuq sababli temir yöl izlaridagi strelkalarga muz va qor tuşişi mumkin. Ularni tozalaş uçun ham isitiş tizimidan foydalaniladi. Ma'lum qilinişiça, ba'zida işçilar isitgiçlarni özlari yoqib, gaz kelişini va mos ravişda olovni nazorat qilişlari mumkin. Bunda ba'zida şpallarga zarar yetişi mumkin, biroq bu usul yuqoridagi usuldan xavfsizroq hisoblanadi.  

Kompaniyada ta'kidlanişiça, poyezdlar olov orqali xavfsiz öta oladi, çunki ulardagi dizel yonilğisi oçiq alangadan emas, balki bosim va issiqdan yonadi.