Iroqdagi sud tojikistonlik beş nafar ayolni IŞID terrorçilik taşkilotiga a'zo böliş ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda 31 yanvar kuni Tojikistonning Quvayt va Iroqdagi elçisi Zubaydullo Zubaydzoda xabar bergan.
Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan ayollar - Söğd viloyati Isfara şahri, Xatlon viloyatining Farxor tumani va Abdurahmon Jomiy tumanidan.
Tojikistonlik diplomatning sözlariga köra, Sadorat Qurbonova, Maftuna Majidova, Gulruxsor Aliyeva, Gulbahor Sayfulloyeva va uning qizi Mahfuza Qurbonovaga nisbatan hukm payşanba kuni çiqarilgan. Sud zalida Tojikistonning Iroqdagi elçixonasi vakili ham bölgan.
Tojikistonning yana bir fuqarosi - Maqsuda Jaxbarovaga hukm e'lon qiliş ortda surildi - sud vakillari özbek tilidan tarjimon topa olişmagan. Panjikent şahridan bölgan ayolning ikki nafar farzandi bor.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, tojikistonlik 43 nafar ayol Iroqda terrorizm ayblovi bilan turli muddatlarga (16 yildan umrbod qamoq jazosigaça) qamalgan.












