Google qonun talabini bajarmagani uçun 500 ming rubl miqdorida jarima töladi. Bu haqda Roskomnadzor matbuot kotibi Vadim Ampelonskiy ma'lum qildi.
«Google jarima töladi. Pul hisob raqamimizga kelib tuşdi», — dedi Ampelonskiy.
Roskomnadzor ötgan yilning dekabrida internet qidiruvda Rossiyada taqiqlangan saytlarni körsatmaslik haqidagi qonunni buzgani uçun Google’ga 500 ming rubl jarima tayinlagandi.
2018 yil 1 oktyabrda Rossiyada yangi qonun kuçga kirgan bölib, qidiruv tizimlari taqiqlangan axborot manbalari reyestriga ulanişi va uşbu reyestrdagi saytlar qidiruvda aks etmasligini nazorat qilişi lozim.












