Xitoy AQŞ bilan savdo bahslari böyiça muzokaralarning oxirgi raundida özaro savdodagi disbalansni qisqartirişga va AQŞning qişloq xöjaligi importi hamda energiya zaxiralari importini oşirişga rozi böldi. Bu haqda Xitoy delegatsiyasi bayonotiga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.   

Pekinda ta'kidlanişiça, muzokaralarning oxirgi raundida muhim rivojlanişga erişildi. “Tomonlar adolatli, mazmunli va sermahsul muzokaralar ötkazişdi”, deyilgan bayonotda.

31 yanvarda AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy davlat kengaşi boş vaziri örinbosari Lyu Xe bilan Vaşingtondagi muzokaralardan keyin 1 martgaça savdo bitimi tuzilmasa, AQŞ Xitoyga nisbatan yangi bojlar kiritişini aytgan.