Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan «Oliy ta'limni modernizatsiya qiliş» loyihasi doirasida ta'lim sifatini oşiriş böyiça xalqaro ekspert Bastian Bauman Oliy ta'lim tizimida ta'lim sifatini oşiriş va uning xalqaro raqobatdoşligini ta'minlaş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi rahbarining maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Davlat inspeksiyasi faoliyatida ta'lim sifatini xalqaro darajada kötariş, tan olingan xorijiy tajribalarni milliy ta'lim tizimi xususiyatlarini inobatga holda joriy etiş, bu borada boşqa davlatlar yöl qöygan xatolarni takrorlamaslik, milliy ta'lim tizimini xalqaro ta'lim tizimiga integratsiyasini jadallaştiriş kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni sifatli bajariş maqsadida ta'lim sifatini ta'minlaş böyiça xalqaro darajada tan olingan ekspert Bastian Bauman maslahatçi lavozimiga tayinlandi. U özining uzoq yillik tajribasi va malakasi bilan ta'lim sifatini xalqaro darajaga kötarişda bizga kömaklaşadi», — deb ta'kidladi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği U.Toşkenboyev.

Xalqaro darajadagi huquqşunos Bastian Bauman oliy ta'lim tizimini rivojlantiriş böyiça Yevropa sifat kafolati agentligi boşqaruvçi direktori şu bilan bir qatorda quyidagi nufuzli xalqaro taşkilotlarda ekspert lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda: DAAD (Germaniya akademik almaşinuv xizmati), ADEC (Abu-Dabi milliy sifatni kafolati agentligi), EQE (Gruziya milliy sifat kafolati agentligi), QQA (Bahrayn milliy sifat kafolati agentligi), SKVC (Litva milliy sifat kafolati agentligi) va boşqalar.
Şuningdek u Belorus, Misr, Ozarboyjon, Qozoğiston kabi davlatlarda oliy ta'lim tizimida reformalar qilinişida katta hissa qöşgan, bu borada 17 yillik iş tajribasiga ega.











