2019 yil 2 fevraldan boşlab, Toşkent-Buxoro-Toşkent yönalişida qatnayotgan «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvçi zamonaviy poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa töxtaşi yölga qöyildi. Bu haqida «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

«Mazkur zamonaviy poyezdlar harakat jadvaliga özgartiriş kiritişdan közlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantiriş, yurtimizga taşrif buyurayotgan sayyohlar hamda investorlarga keng qulayliklar yaratiş, qolaversa barça yölovçilarga sifatli transport xizmatlarini körsatiş, bundan taşqari köp sonli yölovçilarning talab va istaklarini amalga oşirişdir», deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, 2 fevraldan boşlab, Toşkent-Buxoro yönalişida harakatlanadigan № 762 «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi harakat jadvaliga özgartiriş kiritildi. Tezyurar poyezd Toşkent vokzalidan soat 07:28da harakatini boşlaydi va Jizzax vokzaliga soat 08:54da kirib borib, soat 08:56da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga esa soat 09:42da kirib borib, 09:50da harakatlanadi. Navoiy vokzaliga esa soat 10:40da töxtaydi va 2 daqiqadan söng harakatini davom ettirib, soat 11:19da Buxoro vokzaliga yetib boradi.

Şuningdek, Buxoro-Toşkent yönalişida harakatlanadigan № 761 «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi Buxoro vokzalidan soat 15:50da harakatini boşlaydi. Soat 16:27da Navoiy vokzaliga kirib keladi va soat 16:29da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 17:20 da yetib kelib, soat 17:28da harakatini boşlaydi. Jizzax vokzaliga esa soat 18:14da kirib kelib, uşbu vokzaldan soat 18:16da harakatini davom ettiradi va poyezd soat 19:44da Toşkent markaziy vokzaliga yetib keladi.​​