Venesuela harbiy-havo kuçlari generali Fransisko Esteban Yanes Rodriges parlament spikeri Xuan Guaydoni mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvçi deb tan oldi. Bu haqda Twitter’da xabar qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda joylaştirilgan videoda harbiy libosli erkak özini oliy qömondonlik vakili deb taniştirgan.

«Bugun deputat Xuan Guaydoni Venesuela Bolivar Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi deb tan olişimni va şunga muvofiq uning buyruqlarini bajarişga tayyorligimni vatanparvarlik va demokratlik faxri bilan e'lon qilaman», — dedi u.

U harbiy-havo kuçlarining 90 foizi Nikolas Maduroni qöllab-quvvatlamasligini bildirgan.

Ma'lumot uçun, Venesuelada hokimiyat uçun kuraş 23 yanvarda prezident Nikolas Maduroga qarşi miting bilan boşlangandi. Muxolif tomon yetakçisi Guaydoni AQŞ, Isroil, Kanada, Albaniya, Gruziya, Braziliya, Argentina, Çili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru kabi davlatlar Venesuela prezidenti deya tan olgan.