Venesuelaning Iroqdagi favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Velasko Ramires muxolifat rahbari Xuan Guyadoni mamlakatning vaqtinçalik prezidenti deb tan oldi. U bu haqda videomurojaatida e'lon qildi, deb yozadi El Nacional gazetasi.

"Bizning örnimiz xalq, konstitutsiya va Venesueladagi yagona qonuniy hukumat – milliy assambleya tarafida", - dedi Velasko. 

El Nacional gazetasining yozişiça, u 2013 yildan buyon mamlakatning Iroqdagi elçixonasiga rahbarlik qilib keladi.

23 yanvar kuni milliy assambleya spikeri Guaydo özini prezidentlik vazifasini vaqtinça bajaruvçi deb e'lon qildi. Uni öşa kuniyoq AQŞ tan oldi. Söngra AQŞga Amerikadagi qator davlatlar qöşildi. 

Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro parlamentga muddatdan avval saylovlar ötkaziş taklifini bergani xabar qilingandi.