Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodi qurilişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi
Qayd etilişiça, prezidentning “2018-2019 yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişni jadallaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq “Huaxin Cement’' Co LTD (XXP) kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 150,0 mln AQŞ dollarilik bir yilda 1,2 mln tonna portlandsement işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan sement zavodi qurilişi nazarda tutilgan. Investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida "Huaxin Cement” So LTD (XXR) kompaniyasi tomonidan mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklida “Huaxin Cement Jizzakh" xorijiy korxona taşkil etilgan.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi:
bir oy muddatda investor bilan investitsiya şartnomasi belgilangan tartibda tuzilişini ta'minlaydi, unda investorning huquq va majburiyatlarini, investitsiyalar hajmini, taşkil etiladigan iş örinlarining rejalaştiriladigan sonini, investorga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalarni hamda dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlarni hisobga olgan holda boşqa investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni nazarda tutadi;
investitsiya şartnomasidan kelib çiqadigan majburiyatlar investor tomonidan bajarilişi yuzasidan nazoratni ta'minlaydi.
Jizzax viloyati hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda bir oy muddatda investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida sement zavodi qurilişi uçun Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hududida 81 ga qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan yer uçastkasi ajratilişini ta'minlaydi.
“Huaxin Cement Jizzakh" MÇJ XKga investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida quriliş-montaj işlarini 2019 yil 1 iyulgaça muddatda loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning özida işlab çiqiş bilan amalga oşirişga istisno tariqasida ruxsat berildi.
Avtomobil yöllari davlat qömitasi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, “Özbekenergo" AJ, "Özbekiston temir yöllari" AJ va “Öztransgaz” AJ qurilayotgan sement zavodi taşqi muhandislik va transport kommunikatsiyalariga ulanişida “Huaxin Cement Jizzakh” MÇJ XKga zarur yordam beradi.
Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi istisno tariqasida “Huaxin Cement Jizzakh" MÇJ XKga noruda foydali qazilmalar mavjud bölgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga, şu jumladan, Foriş konida glina qaziş va Jizzax viloyatida joylaşgan Şarqiy Uçqörğon konida ohaktoş qaziş uçun töğridan-töğri muzokaralar asosida litsenziyalar berilişini ta'minlaydi.
Quriliş vazirligi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan ötkazilişini ta'minlaydi va investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida quriliş-montaj işlari bajarilişi sifati ustidan zarur davlat arxitektura-quriliş nazoratini örnatadi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi investitsiya loyihasi davlat ekologiya ekspertizasidan ötkazilişini va uni amalga oşirişda tabiatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan zarur nazoratni belgilangan tartibda ta'minlaydi.
“Huaxin Cement Jizzakh" MÇJ XK investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida:
a) işlab çiqariş boşlangandan keyin 2021 yil 1 yanvargaça bölgan muddatda yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğini, yuridik şaxslardan olinadigan mol-mulk soliğini tölaşdan;
b) 2020 yil 1 oktyabrgaça bölgan muddatda:
“Huaxin Cement Jizzakh” MÇJ XK va uning subpudrat taşkilotlari tomonidan, şu jumladan, “vaqtinça olib kiriş” bojxona rejimida belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça çetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomaşyo va materiallar, maşina va mexanizmlar, maxsus transport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovçi uzellar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlari bojxona tölovlaridan (bojxona yiğimlari bundan mustasno);
Özbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan işlar (xizmatlar) böyiça qöşilgan qiymat soliği tölaşdan;
körsatiladigan xizmatlar, çetdan olib kelinadigan tovarlar, materiallar, asbob-uskunalar, maşina va mexanizmlar, butlovçi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, transport vositalari priborlari, ehtiyot qismlar, instrumentlar, yoqilği-moylaş materiallari Özbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalanişi va sertifikatlanişida yiğimlar, davlat bojlari va tölovlar tölaşdan;
respublikada tegişli akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mavjud bölmagan taqdirda import qilinadigan materiallar, asbob-uskunalar, maşina va mexanizmlar, butlovçi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, ehtiyot qismlar, instrumentlar - majburiy sertifikatlaş tartibotidan ozod qilindi.












