2019 yil 30 yanvar kuni Namangan şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi (IIO FMB) katta tergovçisi viloyat IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
U öz iş yurituvidagi, Mingçinor köçasida yaşovçi A.T.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğirlik) bilan qözğatilgan jinoyat işining bir qismini tugatib berişni sörab, gumonlanuvçining Tinçlik MFYda yaşovçi Z.R. ismli tanişi 500 AQŞ dollarini pora sifatida taklif etayotganligini ma'lum qilgan.
Uşbu bildirgi yuzasidan 30 yanvar kuni viloyat içki işlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirlar natijasida Z.R. 450 AQŞ dollarini xodimga pora sifatida berayotganida qölga olingan.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga muvofiq Z.R.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












