Ijtimoiy tarmoqlarda PFL boş direktori Omon Ğofurov tomonidan imzo çekilgan xat paydo böldi.

Unda Superliga va Pro-Liga klublari litsenziyalaş talablarini bajarişi şartligi, aks holda quyi ligaga ravona böliş ehtimoli borligidan ogohlantirilgan. Xususan, Superligada 12ta emas, 10ta klub iştirok etişi masalasi körib çiqilayotgani yozilgan.

Bundan taşqari, Özbekistonda transfer oynasi 7 martgaça oçiq bölişi, ammo Superliga va Pro-Liga iştirokçilari soni 13 fevralgaça aniq bölişi kerakligi, buning uçun barça klublar litsenziyalaş talablarini bajarişi şartligi körsatilgan.