Xorazm viloyati, Urganç şahrida mahalliy tadbirkorga tegişli bölgan «Xorazm Beklari» nomli köp qavatli mehmonxona buzib taşlangani yuzasidan ma'lumot Boş prokuratura tomonidan tekşirilmoqda.
Boş prokuraturadagi manbaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uşbu iş nazoratga olingan va tekşiruv işlari yakunlangaç, natijalar ma'lum qilinadi.
Yanvar oyida Kun.uz saytida «Xorazm Beklari» yakson etildi. 6,5 mlrd söm kredit olib mehmonxona qurgan tadbirkorning binosi hokimiyat tomonidan buzib taşlandi» sarlavhali material e'lon qilingan, unda bankdan 6,5 milliard söm miqdorida kredit olib, birinçi qavati restorandan iborat köp qavatli mehmonxona binosi qurgan, lekin qurilişlari hokimlik tomonidan buzib taşlangan tadbirkorning muammolari bayon etilgandi.
Qayd etiş kerakki, bu voqea 2018 yilning dekabrida röy bergan, ammo bu haqda internetda, 2019 yilning yanvarida material berilmaguniça tegişli davlat muassasalari, xususan, şahar yoki viloyat prokuraturasi bu masalaga jiddiy e'tibor qaratmagan.











