Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi, Taşqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qömitasi, Markaziy bank boşqaruvining “Dasturiy ta'minot vositalari eksporti va importi töğrisidagi nizomga özgartirişlar va qöşimça kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.

Dasturiy ta'minot vositalari eksporti va importi töğrisidagi nizomga kiritilayotgan özgartirişlar va qöşimça:

4-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“4. Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta'minot vositalari işlab çiquvçisi tomonidan Internet tarmoğidagi onlayn dökonlar orqali 5 ming AQŞ dollarigaça bölgan dasturiy ta'minot vositalarini eksport şartnomasisiz xorijiy valutaga sotiş, Taşqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga ma'lumot kiritmasdan amalga oşiriladi.

Dasturiy ta'minot vositalarining eksporti 5 ming AQŞ dollaridan oşgan taqdirda, dasturiy ta'minot vositalarining eksport şartnomasi böyiça ma'lumotlar elektron raqamli imzodan foydalangan holda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Taşqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.”.

7-band kuyidagi mazmundagi xatboşi bilan töldirildi:

“Tuşumlarning tuşiş muddatlari xorijiy onlayn-savdo maydonçasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.”.

8-banddagi “vakolatli” degan söz “tijorat” degan söz bilan almaştirildi.