Eron öz kriptovalutasini joriy qildi. PayMon deb nomlangan yangi tölov birligi oltin bilan ta'minlangan va Tehron hamda uning savdo-iqtisodiy hamkorlarining AQŞ sanksiyalarini çeklab ötişlarida yordam berişga qaratilgan.
Eron hukumatiga kriptovalutani yaratişda mamlakatning 4 ta banki: Parsian Bank, Bank Pasargad, Bank Melli Iran va Bank Mellat yordam bergan. Yaqin orada PayMon mahalliy platforma Fara Bourse’ga qöşilişi mumkin.
Yangi valuta AQŞ sanksiyalari tufayli xalqaro banklararo ma'lumotlar uzatiş tizimi SWIFT’dan uzib qöyilgan Eronga yordam berişi közda tutilgan.
PayMon’ning dastlabki emissiyasi 1 mlrd şartli tangani taşkil qiladi. Biroq kriptovaluta qanday blokçeynga qurilgani va Eron hukumati uni qanday qöllaşi hozirça noma'lumligiça qolmoqda.












