Özbekiston Respublikasi prezidentining «Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Farmonga köra Özbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi taşkil etildi.

Şuningdek, Özbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markazi taşkil etilmoqda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

·       davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyatining oçiqligi holati va darajasini tahlil qiliş;

·       milliy axborot makonini hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noşirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlarning amalga oşirilişi samaradorligini monitoring qiliş;

·       ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan materiallar mazmunining, şu jumladan, şaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyasini ta'minlaşga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tizimli asosda tahlil qiliş;

·       ommaviy axborot vositalari, matbuot, noşirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi muammo va tösiqlarni aniqlaş;

·       tahlil va monitoring natijalarini umumlaştiriş va ular asosida tavsiyalar beriş.