Hukumat qarori bilan Xusnutdin Nuruddinoviç Xasilovga «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvining raisi vazifasini bajariş yuklandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Xusnutdin Xasilov şu kunga qadar «Özbekiston temir yöllari» AJda Boş menejyer lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi. U endi 2002 yildan buyon «Özbekiston temir yöllari» boşqaruv raisi sifatida işlab kelgan Oçilboy Ramatov örnini egallaydi.
Bundan avvalroq Oçilboy Ramatov prezident farmoni bilan boş vazirning birinçi örinbosari - Transport vaziri lavozimiga tayinlangandi.
2019 yildan Özbekistonda davlat boşqaruvi tizimini isloh qiliş doirasida boş vazir örinbosarlari soni optimallaştirildi va boş vazir örinbosarlarining bir vaqtning özida muayyan idoraga rahbarlik qiliş amaliyotini bekor qilindi. Prezident qaroriga binoan boş vazir örinbosarlari xöjalik jamiyatlari va kompaniyalar, şuningdek, davlat uluşiga ega bölgan boşqa taşkilotlar faoliyati ustidan bir vaqtning özida rahbarlik qilişiga yöl qöyilmasligi belgilandi. Şu tufayli Oçilboy Ramatov «Özbekiston temir yöllari» rahbarligini tark etdi.

Xusnutdin Xasilov 1970 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, 1992 yilda Toşkent temiryöl muhandislari institutini injyener-mexanik mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992 yilda «Özinterservis» qöşma korxonasida tarmoq boşliği sifatida boşlagan. 1999-2002 yillar «Öztemiryölmaşta'mir» unitar korxonasida turli lavozimlarda işlagan. 2002-2008 yillar strategik rivojlaniş boşqarmasi boşliği, bir vaqtning özida «Özbekiston temir yöllari» DATK boş menejyer – boş muhandisining örinbosari lavozimida işlab kelgan. 2011 yilda «Özbekiston temir yöllari» DATK boş menejyer – boş muhandisi lavozimiga tayinlangan. 2014 yilda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Departament mudiri lavozimiga tayinlangan. 2016 yil 1 apreldan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 97-sonli qaroriga muvofiq «Özbekiston temir yöllari» Aksiyadorlik jamiyatining boş menejyer – boş muhandisi lavozimida işlab kelayotgandi.












