Toşkentda «Özbekiston-2035» Ikkinçi xalqaro forumi öz işini boşladi. Anjuman «Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat taşkiloti tomonidan taşkil etilgan.

Forumda «Buyuk Kelajak» Ekspertlar kengaşi tomonidan işlab çiqilgan Özbekistonni 2035 yilgaça rivojlantirişning uzoq muddatli Strategiya konsepsiyasi loyihasining bandlari töğrisida hisobotlar taqdim etiladi. Loyiha borasida ekspertlar, deputatlar korpusi, davlat organlari, ilmiy va ta'lim muassasalari va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirokida muhokamalar olib boriladi.

Forumning ilk kunida Boş plenar sessiyadan söng, iştirokçilar 8 işçi guruhga bölingan holda Strategiyaning asosiy bandlarini muhokama qilişadi. Loyiha şu maqsadda 8 mavzuga ajratilgan. Bular quyidagilar.

• «Davlat boşqaruvini rivojlantiriş»,
• «Qişloq xöjaligi va töqimaçilik sanoati»,
• «Moliyaviy tizim»,
• «Sanoat»,
• «Transport, quriliş va infratuzilma, turizm»,
• «Soğliqni saqlaş va ijtimoiy siyosat»,
• «Inson kapitali va madaniyat»,
• «Ekologiya, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar».
Boş plenar sessiyada sözga çiqqan spikerlar Özbekiston rivojlaniş strategiyasining konsepsiyasi, Özbekiston rivojlaniş ssenariylari, Özbekiston rivojlanişiga tasir qiluvçi global tendensiyalar, Özbekiston asosiy rivojlaniş muammolari, jumladan Strategiyani amalga oşirişning asosiy bosqiçlari (2019-2035 yy.) va Strategiyani 2019-2020 yillarda amalga oşiriş böyiça zarur qadamlarni muhokama qilişdi.

Forum 5-6 fevral kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida bölib ötadi.











