Bundan bir yarim yil muqaddam, 2018 yilning aprel oyida Özbekistonda «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat taşkiloti öz faoliyatini boşlagan edi. Mazkur muassasa prezident Şavkat Mirziyoyevning xorijda yaşayotgan özbekistonliklar mamlakatdagi islohotlarga daxldor bölişi uçun qilgan çorlovlariga nisbatan javoban taşkil etilgan.

Ilğor xalqaro tajriba, Özbekiston bozorlarini xolisona tahlil qiliş, dunyoning yetakçi mutaxassislarining şaxsiy tajribasi negizida qurilgan taşkilot qisqa vaqt içida keng jamoatçilik nazariga tuşdi.

Taşkilotning turli sohalarda boy tajribaga ega va yetakçi mutaxassislaridan iborat Ekspert kengaşi dunyoning 20dan ortiq nuqtalarida – AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Kanada, Daniya, Şveytsariya, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Singapur, Yaponiya, Turkiya, Qozoğiston, Finlyandiya va Rossiya kabi davlatlarda istiqomat qilayotgan 300 nafardan köproq malakali kadrlarni özida birlaştirdi.

Toşkentdan taşqari Moskva, Dubay, Bryussel, Nyu-York va Londonda ham vakolatxonalariga ega «Buyuk kelajak» Özbekistonning 2035 yilgaça bölgan uzoq muddatli rivojlaniş modelini işlab çiqiş hamda bu model amalga oşirilişiga kömaklaşişni boş maqsad va vazifa sifatida belgilab olgan.

Ammo sönggi vaqtlarda taşkilotning qator ekspertlari uni birin-ketin tark etayotgani jamoatçilikda savollar tuğdirmoqda. Dastlab, 10 sentabr kuni ön nafar ekspertning jamoaviy bayonoti köpçilikni sergak torttirdi:

«Qadrli döstlar, «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat–notijorat taşkiloti taşkil etilganda biz Özbekistondagi islohotlarga öz hissamizni qöşişimiz uçun imkon yaratilganidan xursand bölgandik. Biz barçamiz Özbekistonni 2035 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini yaratiş böyiça bir qator loyihalarda iştirok etdik, işlab çiqdik. Biz «Buyuk kelajak» XNNTning ikkita forumida va boşqa köplab tadbirlarda onlayn ravişda va şaxsan iştirok etdik.

Ming afsus bilan taşkilot içidagi ayrim sabablarga köra, biz mazkur taşkilot doirasidan çiqamiz, ammo mamlakat taraqqiyoti uçun öz hissamizni qöşişda davom etamiz.

Imkoniyatdan foydalanib, «Buyuk kelajak» XNNT ekspertlari va xodimlariga, xalqaro taşkilotlar, vazirlik va qömitalar vakillariga hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga va eng muhimi, «Özbekiston-2035» strategiyasini işlab çiqişga hissa qöşgan hamyurtlarimizga minnatdorçilik bildiramiz. Biz birlaşişimiz va Özbekistonni rivojlantiriş maqsadida bor kuçimizni sarflaş uçun imkoniyat yaratgan uşbu loyihaning homiysiga ham alohida minnatdorçilik bildiramiz».