«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat taşkilotining ön nafar eksperti taşkilot içida yuzaga kelgan ayrim muammolar sabab taşkilotni tark etişini ma'lum qilişdi.

Bu haqda ular taşkilotning Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida quyidagiça izoh qoldirişgan:

“Qadrli döstlar,

«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat–notijorat taşkiloti taşkil etilganda biz Özbekistondagi islohotlarga öz hissamizni qöşişimiz uçun imkon yaratilganidan xursand bölgandik. Biz barçamiz Özbekistonni 2035 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini yaratiş böyiça bir qator loyihalarda iştirok etdik, işlab çiqdik, Biz «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat taşkilotining (XNNT) ikkita forumida va boşqa köplab, tadbirlarda onlayn ravişda va şaxsan iştirok etdik.

Ming afsus bilan taşkilot içidagi ayrim sabablarga köra, biz mazkur taşkilot doirasidan çiqamiz, ammo mamlakat taraqqiyoti uçun öz hissamizni qöşişda davom etamiz».

Imkoniyatdan foydalanib, «Buyuk kelajak» XNNT ekspertlari va xodimlariga, xalqaro taşkilotlar, vazirlik va qömitalar vakillariga hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga minnatdorlik bildiramiz.

Hurmat bilan,

Behzod Hoşimov

Dilmurod Yusupov

Zaynab Muhammad-Döst

Qahramon Nosirov

Nodir Nuritdinov

Bahrom Radjabov

Toştemir Haydarov

Umid Abidxadjayev

Hasan Redjaboyev

Şukurjon Nazarov”.

Eslatib ötamiz, «Buyuk kelajak» XNNT Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaş va ularga kömaklaşiş bilan şuğullanadi. Taşkilot 2035 yilgaça Özbekistonning rivojlaniş konsepsiyasini işlab çiqiş maqsadida prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2018 yilning aprel oyida taşkil etilgan.