«Buyuk kelajak» ekspert kengaşining qator a'zolari taşkilotni tark etişga qaror qilgani xabar berilgandi.

Taşkilotni «Buyuk kelajak» ta'sisçilari umumiy yiğilişining raisi, ekspertlar kengaşi raisi Alişer Kalonov, taşkilot muvofiqlaştiruvçi kengaşi a'zolari Sobir Şodiyev, Bahrom Ismoilov va Şerzod Yusupov tark etgan.

«Buyuk kelajak» muvofiqlaştiruvçi kengaşi uşbu holat yuzasidan öz munosabatini bildirdi.

Qayd etilişiça, Alişer Kalonov, Sobir Şodiyev, Bahrom Ismoilov, Ilhom Azimov va Şerzod Yusupov haqiqatan ham ta'sisçilar tarkibidan çiqiş töğrisida ariza bergan. Bu masala, şuningdek yangi nomzodlarni qabul qiliş töğrisidagi arizalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta'sisçilarning umumiy yiğilişida körib çiqilişi kerak edi.

«Şu bilan birga ta'kidlaş kerakki, bu ta'sisçilar tomonidan qandaydir hodisaga aloqador kutilmagan qadam emas. Ta'sisçilar tarkibini yangilaşning uşbu tartibi oktabr oyida bölib ötgan taşkilot ta'sisçilarining umumiy yiğilişida muhokama qilingan va kelişilgan. Bundan taşqari, bu nodavlat va notijorat taşkilot uçun odatiy jarayon.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ta'sisçilar tarkibida qoladi, şuningdek, özlarini «Buyuk kelajak»ning eng faol ekspertlari sifatida körsatgan yangi mutaxassislarni jalb qiliş rejalaştirilgan.

Şu yilning oktabr oyida taşkilotning kollegial boşqaruv organi - Muvofiqlaştiruvçi kengaşga saylovlar bölib ötdi, u joriy faoliyatning muhim masalalarini körib çiqib, tuzilma, yönalişlar va şakllarni belgilaydi. Saylov natijalariga köra uning tarkibi ham yangilandi.

Ta'sisçilardan biri Bahrom Ismoilov «Buyuk kelajak» muvofiqlaştiruvçi kengaşining qarori bilan qarorlarni bir neça bor e'tiborsiz qoldirgani va öz vakolatidan çetga çiqqani uçun Ekspertlar kengaşidan çetlatildi. Bugungi kunga qadar u faqat ta'sisçi sifatida qolib kelayotgandi», - deyiladi «Buyuk kelajak» izohida.