«Buyuk Kelajak» ekspert kengaşining tört nafar a'zosi taşkilotni tark etişga qaror qildi.
Fergana naşri xabariga köra, taşkilotni «Buyuk Kelajak» ta'sisçilari umumiy yiğilişining raisi, ekspertlar kengaşi raisi Alişer Kalonov, taşkilot muvofiqlaştiruvçi kengaşi a'zolari Sobir Şodiyev, Bahrom Ismoilov va Şerzod Yusupov tark etgan.
Bu kengaşni tark etgan a'zolarining ikkinçi guruhi. Buning sabablari haqida hozirça xabar qilinmadi. Birinçi guruh taşkilotni 2019 yil sentabr oyida tark etgandi. Öşanda ön kişi taşkilotdan çiqib ketgan. Kengaş sobiq a'zolari holatga «içki taşkiliy sabablar» turtki berganini aytişgandi.
Eslatib ötamiz, «Buyuk Kelajak» nodavlat notijorat taşkiloti 2018 yilda Özbekiston hukumati kömagida taşkil etilgan. Uning ta'sisçilariga respublikadan taşqaridagi turli taşkilotlar va xalqaro kompaniyalarda işlovçi özbekistonliklar aylandi. Taşkilotning ekspert kengaşi tarkibiga 30dan ortiq mamlakatlarda istiqomat qiluvçi 200dan ortiq mutaxassislar kiritilgan. «Buyuk Kelajak»ning asosiy vazifasi «Strategiya-2035» konsepsiyasi loyihasini işlab çiqiş edi. Loyiha 2019 yil may oyida taqdim etildi.













