Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori imzolandi.
Prezident qaroriga köra, yangi taşkil etilgan Agentlikka doir quyidagi vazifalar belgilanmoqda:
- Agentlik Özbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini işlab çiquvçi va amalga oşiruvçi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noşirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş böyiça vakolatli organ hisoblanadi;Agentlikka Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
- Agentlik direktori Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uç nafar örinbosarlar, şu jumladan, bir nafar birinçi örinbosarga ega böladi;
- Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şaroitlariga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining birinçi örinbosariga, uning örinbosarlari esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosarlariga tenglaştiriladi;
- Agentlikning öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyatni amalga oşiruvçi barça davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, boşqa taşkilot va idoralar, xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.












