Özbekiston Respublikasi prezidenti taşabbusi bilan ikkita özgariş bölişi kutilmoqda. Fundamental tadqiqotlarda budjetga ötiş, bundan taşqari, yangi kengaş taşkil qilinadi va Yoşlar akademiyasi taşkil etiladi. Bu haqda Özbekiston prezidentining fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro press klubda ma'lum qildi.

Uning ta'kidlaşiça, Fan va texnologiya kengaşi bu yönalişlarni belgilab beradi. 

«Yoşlar robototexnika, mexatronika, sun'iy intellekt va boşqa masalalarda ança işlaşi mumkin. Akademiklarning örta yoşi bugungi kunda 77 ga çiqdi. Şu ustozlarga yoşlar kerak. Ularning ustozlar bilan qiladigan ança işi bor», —  deydi u.

Şuningdek, Innovatsion rivojlaniş vazirligi boşqarma boşliği Olim Töyçiyev Yoşlar akademiyasini tuziş masalasiga töxtalib ötdi. 

«Respublikamizda 22 mingdan ortiq ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgan yoş olimlar mavjud. Ularning olib borayotgan tadqiqotiga töxtaladigan bölsak, 69ta ilmiy tadqiqotlar işlari olib borilyapti. Ularning umumiy qiymati 3,5 mlrd. sömdan oşiq. 

Yoşlar akademiyasi haqida qisqaça töxtaladigan bölsak, avvalambor, bu har joyda tarqoq holda olib borilayotgan kiçik-kiçik işlanmalarini bir yerga töplaş, ular uçun haqiqiy zamonaviy platforma yaratiş maqsadida taşkil etilmoqda. Va hozirgi kunda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan hamohang ravişda ularni davom ettirgan holda bugungi kunda zamon talabiga javob beradigan yangi tadqiqotlarni amalga oşiriş imkoniyatlarini yaratadi», —  deydi u.

Uning sözlariga köra, bu hozirda real iqtisodiyot sektorining talablari bölgan 3D modellaştiriş, robototexnika, mexatronika, sun'iy idrok va şu kabi yangi-yangi sohalarni tadqiq etişga imkoniyat yaratadi.

Olim Töyçiyev yangi yoşlar taşkilotining tarkibiy tuzilişi haqida ham töxtalib ötdi.

«Yoşlar akademiyasi 4ta platformada taşkil etilişi rejalaştirilmoqda. Bu, avvalambor, yangi zamon olimlarini yaratiş uçun möljallangan. Birinçi platforma ğoyalar generatori, ikkinçisi startaplar, biznes bilan şuğullanadigan yoş olim, innovatsion tadbirkor va şu kabi bölajak akademiklar platformamiz mavjud», — deya ta'kidlagan u .