Rasmiy Tehron Isroil Eronning Suriyadagi obektlariga zarba berişni davom ettirsa, bu qurolli ixtilofga olib kelişidan ogohlantirdi. Bu haqda FARS axborot agentligi xabar berdi.
“Agar hujumlar davom etsa, biz Isroilning jinoiy va yolğonçi hukmdorlariga saboq berib qöyamiz”, deb aytgan Eronning milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Şahmoniy.
Uning ta'kidlaşiça, Tehronning Isroilning navbatdagi hujumiga javobi “tajovuzkor va qat'iy” böladi.
Şahmoniy yanvarda “Ğazo va Livanning yuqori aniqlikdagi raketalari Isroilning ahmoqligini dözaxga aylantirişi” bilan tahdid qilgan. Bundan taşqari, ötgan hafta Eron 1300 kmgaça masofada joylaşgan nişonlarni möljalga oladigan yangi qanotli raketa muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilganini ma'lum qildi.












