GM Uzbekistan 2018 yil örtalarida vaqtinça töxtatilgan, yengil avtomobillar eksportini tiklaydi. Bu haqda «Özavtosanoat» kompaniyasi boşqaruvi raisining texnik siyosat va mahalliylaştiriş böyiça örinbosari v.b. Azizbek Şukurov ma'lum qildi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Ötgan yili uşbu işni (avtomobillar eksporti - tah.) töxtatdik, sababi konsepsiya va eksport sxemasiga bölgan yondaşuvni qayta körib çiqayotgandik. Bu yil biz eksportni qayta tiklaymiz», - dedi Şukurov.

GM Uzbekistan’ning an'anaviy va eng yirik bozorlari Rossiya va Qozoğiston sanaladi. Şuningdek, kompaniya Ukraina, Belarus, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirğiziston, şuningdek, Iordaniya, Livan, Iroq va Afrikaning bir neça davlatlariga avtomobillarni eksport qiladi.
Bundan taşqari, Özbekiston va Afğoniston hukumatlari örtasida imzolangan bitimga köra, bu mamlakatga yengil avtomobillarni yetkazib beriş boşlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzaxdagi avtomobil zavodi qurilişi nega töxtab qolgani ma'lum bölgandi.











