«Barselona» boş murabbiyi Ernesto Valverde hujumçi Lionel Messini Ispaniya Kubogi yarimfinalidan örin olgan «Real»ga qarşi öyinda iştirok etişi böyiça yakuniy qarorga kelmaganini aytdi.
Avvalroq, argentinalik muşak jarohatini olgan edi.
«Biz yana bir maşğulot ötkazamiz, uni qanday ötişini kuzatamiz. Leoni hali körmadim va hozirça uning «Real»ga qarşi öyinda maydonga tuşişi böyiça yakuniy qarorga kelmadim. Oldin biz uning ahvolini kuzatib, keyin xulosaga kelişimiz lozim.
Messi maydonga tuşadimi yoki yöqmi, biz öz uslubimizni özgartirmaymiz. «Barselona» ğalaba qozonişda, taşabbusga ega bölişda va gol urişda davom etadi», — deb Valverde sözlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Ispaniya Kubogi 1/2 finalidan örin olgan «Barselona» — «Real» öyini 6 fevral kuni tunda ötkaziladi.












