1987 yilda işlab çiqarilgan noyob Ferrari poyga maşinasi Parijdagi Sotheby’s auksionida 4,3 mln yevroga sotildi.
Auksion 6 fevral keçki vaqt an'anaviy retroavtomobillar saloni doirasida bölib ötgan. Auksionga 90 ga yaqin lot qöyilgan, ular orasida Ferrari, Porsche, BMW, Bugatti markalarining turli yillardagi lyuks maşinalari bölgan.
Kök rangdagi Ferrari maşinasi Michelotto kompaniyasi tomonidan loyihalangan 19 ta avtomobildan biri hisoblanadi. Superkar 1995 va 1996 yillardagi “Le-Man 24 soati” poygasida iştirok etgan, 1995 yilda Anderstorp 4 Hours poygasida ğolib bölgan.
Auksionda sotilgan qimmatbaho lotlar orasida 1966 yilda işlab çiqarilgan Ferrari 275 Gtb/6 C va Porsche 550 RS Spyder modellari ham bölgan. Maşinalar mos ravişda 2,85 million va 2,7 million yevroga sotilgan.












