2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Prezident Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlar belgilanib, dam oliş kunlari köçirilgan edi.

Mazkur farmon asosida mart oyida ham köçirilgan dam oliş kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarning oldini oliş maqsadida uşbu masala yuzasidan qisqaça şarh berib ötiladi.

Eng avvalo, haftadagi iş kunlari soni dam oliş kunlariga ta'sir qilişini unutmaslik kerak. Ya'ni, 5 kunlik iş haftasidagi xodimlar mart oyida 13 kun dam olişadi, haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar esa martda 8 kun dam olişadi.

Masalan, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni haftaning juma kuniga töğri kelgani sababli, 5 kunlik iş haftasida işlovçi xodimlar ketma-ket 3 kun dam olişadi.

Endi Navröz bayrami arafasidagi dam oliş kunlariga kelsak. Bunda ham 5 va 6 kunlik iş haftasidagilar uçun dam oliş kunlari farqlanişiga guvoh bölamiz.

Haftasiga 5️ kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam oliş kuni hisoblanadi:

21 mart – payşanba (Navröz bayrami);

22 mart – juma (qöşimça dam oliş kuni);

23 mart – şanba;

24 mart – yakşanba.

Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:

21 mart – payşanba (Navröz bayrami);

22 mart – juma (qöşimça dam oliş kuni);

24 mart – yakşanba.

Izoh: haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar 23 mart (şanba) kuni işga çiqişlari lozim.

Xuşnudbek Xudayberdiyev, huquqşunos