Toşkent şahar bojxona boşqarmasining “Keles” temir yöl çegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan “Moskva–Andijon” yönalişidagi xalqaro qatnov poyezdida yölovçilarning yuklari bojxona nazoratidan ötkazilganida umumiy qiymati 182,3 million sömlik sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni qonunga xilof ravişda olib ötilişiga çek qöyildi.

Jumladan, poyezd yölovçilari L.Q.va B.B. umumiy qiymati 130,5 million sömlik 2630 quti elektron sigaretlarni vagon kupelarining isitiş moslamalari orasida yaşirib olib kelayotganligi foş etildi.

Yana bir holatda, yölovçi N.N. umumiy qiymati 51,8 million sömlik 8 turdagi parfyumeriya va dori vositalarini bojxona nazoratidan yaşirib mamlakatimizga olib kelayotganligi ma'lum böldi.

Yuqoridagi holatlar böyiça tovar-moddiy boyliklar huquqbuzarlik aşyosi tariqasida olib qöyilib, tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.