Özbekistonda OAV huquqlarini kafolatlaş va qonuniy manfaatlarini himoya qilişni kuçaytiriş, davlat idoralarining OAV faoliyatiga asossiz aralaşuvidan ogohlantiriş, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik şaxslar örtasidagi nizoli holatlarni hal qiliş bilan şuğullanuvçi Media-ombudsmen instituti ta'sis etiladi. Bu haqda Özbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov xabar berdi.
Qayd etilişiça, Media-ombudsmen ommaviy axborot vositalarining huquqlari buzilganda ularga huquqiy yordam körsatişdan taşqari, öz örnida, OAV tomonidan davlatning amaldagi qonunçiligiga, jumladan, axborot sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya etilişini ham nazorat qiladi.
Bu borada u öquvçi-muştariylar, tomoşabinlar va yuridik şaxslarning OAVdagi nizoli materiallar yuzasidan şikoyatlarini örganadi. Media-ombudsmen söz erkinligi va OAV mustaqilligini ta'minlaş asnosida şu kabi nizoli vaziyatlarni tartibga soliş va sudga qadar iş yuritiş bosqiçida OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik şaxslar örtasidagi nizoli holatlarni hal qiliş funksiyasini bajaradi.
Media-ombudsmen faoliyati quyidagi mezonlar asosida taşkil etiladi: mustaqillik, boy amaliy tajriba, huquqiy normalarni yaxşi biliş va xatolar ustida işlaş, sohaga doir kamçilik va yutuqlardan xabardor böliş, professional va dimplomatik yondaşuv.
Axborot iste'molçilari va OAV bilan işlaş imkonini beruvçi Media-ombudsmen institutining ta'sis etilişi jurnalistlarimizning huquqiy madaniyati va etikasini mustahkamlaşga xizmat qiladi, deb umid qilamiz, deydi K.Allamjonov.












